Hukumat qarori bilan NTT sifatida davlat mulki obyektlarini ijaraga olish muddati 10 yilgacha uzaytirildi. Shuningdek, tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 25 ming AQSh dollarigacha qisqartirildi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi nodavlat ta’lim muassasalariga qishki ta’tilni 24 yanvarga qadar uzaytirishni, ushbu muddat ichida esa o‘quvchilarning onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar va turli tanlovlarda ishtirokini ta’minlashni tavsiya qildi. Qolaversa, ushbu davr uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaslik so‘raldi.
Qishloq tumanlarida beshtadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi. Bo‘sh bino ajratish, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 mln so‘mgacha bir martalik beg‘araz ko‘mak beriladi. Bundan tashqari, BMT hamkorligida Diplomatiya universitetida Chet tillarini chuqur o‘rgatish markazi tashkil etilishi kutilmoqda.
Litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga 1 yanvarga qadar bir qator qulayliklar yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting